Go'zallik ustalari va salonlar uchun onlayn yozilish
Mijozlar sizning sahifangizda yoziladi va Telegram yoki SMS orqali eslatma oladi. Har bir tashrif telefoningizdagi kalendarga tushadi. Bepul.
Yozilish uchun hammasi bitta ilovada
O'z yozilish sahifangiz
Xizmatlar, narxlar, ish vaqti, rasmlar va xarita bitta sahifada. Havolani Instagram profilingizga qo'ying, Telegramda yuboring yoki QR plakatni ilib qo'ying. Mijozlar sizga yozmasdan xizmat va vaqtni tanlaydi.
Telegram va SMS orqali eslatmalar
Mijozlar tasdiq va tashrifdan bir kun hamda ikki soat oldin eslatma oladi: Telegramni ulagan bo'lsa Telegramda, aks holda SMS orqali. O'zingiz hech narsa yuborishingiz shart emas.
Telefoningizda kalendar
Sahifadan kelgan va o'zingiz qo'shgan barcha yozuvlar bitta kalendarda. Mijozlar tarixi, to'lovlar va kunlik daromad ham shu ilovada.
Ustalar va salonlar uchun bepul
Obunasiz, xodimlar uchun to'lovsiz va yozuvlardan komissiyasiz. Mijozlar ham bepul yoziladi.
Yonimda ilovasi
iPhone va Android uchun. Telefon raqamingiz bilan kiring, xizmatlar va ish vaqtini qo'shing va havolangizni ulashing.
- App StoreTez kunda
- Google PlayTez kunda
Ilova hali App Store va Google Play'da yo'q. U chiqishi bilan havolalar shu yerda paydo bo'ladi.
Yozilmoqchimisiz?
Yonimda'da salon qidiruvi yo'q. Har bir usta va salonning o'z yozilish sahifasi bor: havolani ularning Instagram yoki Telegram sahifasidan toping yoki salondagi QR kodni skanerlang.
Yozuv haqidagi xabarlar Telegram yoki SMS orqali keladi, kela olmasangiz ular orqali bekor qilishingiz mumkin.